Pedagog-(yun.— παιδαγωγός bola yetaklovchi) — pedagogika mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi, shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxs
davlat ta’lim muassasasi-davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat ta’lim standartlari -davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
nodavlat ta’lim tashkiloti-davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;