Sayt test rejimida ishlamoqda

Ta'limga doir terminlar

Pedagog-bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Davlat ta’lim standarti (DTS) -ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan majburiy talablar majmui.
Kasb faoliyati sohasi -kasbga doir bilim, malaka va ko‘nikmalarning qo‘llanish doirasi.
Iqtidor-o‘quvchining biror faoliyat turiga bo‘lgan maxsus qobiliyati
davlat akkreditatsiyasi - davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat ta’lim muassasasi -davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat ta’lim standartlari -davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
Atamalar - Samarqand VMMTB